Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Intizomiy jazolar ketma-ketlikda qoʼllanilishi shartmi?


Intizomiy jazolar ketma-ketlikda qoʼllanilishi shartmi?

Haqiqatan koʼpchilikda intizomiy jazolar ketma-ket qoʼllanilishi shart degan notoʼgʼri qarash bor. Yaʼni birinchi marta intizomiy qilmish sodir qilgan shaxsga hayfsan, soʼng jarima va nihoyat mehnat shartnomasini bekor qilish.

Intizomiy jazolarni ketma-ket qoʼllash shart emas. Intizomiy jazo chorasini qoʼllashda sodir etilgan qilmishning ogʼir-engilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinib, istalgan turdagi intizomiy jazodan birini qoʼllash mumkin.

Masalan, xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzdi. Shu vaqtga qadar xodim hech qanday intizomiy jazo olmagan. Bu xodim bilan ish beruvchi qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilib MK 161-moddasi 2-qismining 5-bandi bilan bekor qilishga haqli. Bu xodimga dastlab hayfsan, soʻng jarima, ana undan keyingina mehnat shartnomasini bekor qilish tariqasidagi intizomiy jazo qoʻllash zarur degan fikrlar mutlaqo notoʻgʻri.

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                                          Sh.Abdurahmonov