Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xodimga ish haqining 1 % miqdorida jarima qoʼllasa boʼladimi, jarima xodimning har oydagi oyligidan ushlab qolinadimi?


Xodimga ish haqining 1 % miqdorida jarima qoʼllasa boʼladimi, jarima xodimning har oydagi oyligidan ushlab qolinadimi?

Jarima xodimning asosiy (bazaviy) ish haqidan emas, balki oʼrtacha oylik ish haqidan ushlanadi.

MK 248-moddasiga koʻra, ish haqi asosiy (bazaviy) va qoʻshimcha (oʻzgaruvchan) qismlardan iborat boʻladi.

Ish haqining asosiy (bazaviy) qismi ushbu ish beruvchida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash tizimi asosida belgilanadi va qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Ish haqining asosiy (bazaviy) qismi uning doimiy tarkibiy qismi boʻlib, xodimga belgilangan mehnat normalariga (tarif stavkalariga, maoshlarga) koʻra haqiqatda ishlab berilgan vaqt yoki haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblanadi.

Ish haqining qoʻshimcha (oʻzgaruvchan) qismini qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, shuningdek mukofotlar va kompensatsiya yoki ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boshqa toʻlovlar tashkil etadi.

MK 312-moddasiga koʻra, xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda, ichki mehnat tartibi qoidalarida esa xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Eʼtibor bering, moddada 30 yoki 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda deyilmoqda. Demak, xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiz miqdorida ham jarima qoʻllash mumkin.

Jarima faqat bir marta ushlab qolinadi, lekin jarima jazosi agar muddatidan oldin olib tashlanmasa uning taʼsiri qoʻllanilgan kundan eʼtiboran 1 yil davomida amal qiladi. Mana shu 1 yil davomida xodimga ragʻbatlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar toʻlanmaydi.

Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan MK 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                         Sh.Abdurahmonov