Янгиликлар
Intizomiy jazoni olib tashlash uchun 6 oy oʻtishi kerakmi?
Intizomiy jazoni olib tashlash uchun 6 oy oʻtishi kerakmi?
Ish beruvchi intizomiy jazoni oʻz tashabbusiga koʻra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga koʻra, bir yil oʻtguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi (MK 315-moddasi).
Demak, intizomiy jazoni olib tashlash uchun maʼlum bir muddat, masalan 3 yoki 6 oy belgilanmagan. Аgar ish beruvchi istasa jazoni istalgan vaqtda olib tashlashi mumkin. Buning uchun xodim qaydaydir yutuq yoki natijalarga erishishi shart emas.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |