Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ish beruvchi xodimga intizomiy qilmish uchun bu holat aniqlangandan keyin 2 oy oʻtgach hayfsan eʼlon qildi. Shu toʻgʻrimi?


Ish beruvchi xodimga intizomiy qilmish uchun bu holat aniqlangandan keyin 2 oy oʻtgach hayfsan eʼlon qildi. Shu toʻgʻrimi?

Notoʻgʻri. Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʻlgan yoki taʼtilda boʻlgan davr hisobga olinmaydi (MK 314-modda).

Diqqat! MK 314-modda 1-qismiga koʻra, agar xodimga xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan boʻlsa, xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi.

MK 308-moddasiga koʻra, xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.

Xizmat tekshiruvini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda, obyektiv sabablarga koʻra tugallash mumkin boʻlmagan alohida hollarda, ish beruvchi komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqlidir.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                     Sh.Abdurahmonov