Янгиликлар
Xodimga ham intizomiy jazo qoʻllab, ham mukofotdan mahrum qilsa boʻladimi?
Xodimga ham intizomiy jazo qoʻllab, ham mukofotdan mahrum qilsa boʻladimi?
Ha. OSPQ 33-bandiga asosan sudlar har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkinligini hisobga olishlari zarur. Xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasining qoʻllanishi uning shu xatti-harakati sababli ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash hamda aybdorga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan intizomiy jazo hisoblanmaydigan taʼsir choralarini (toʻlovni amalga oshirish ish beruvchining huquqi hisoblanuvchi ragʻbatlantiruvchi va kompensatsiya toʻlovlaridan mahrum etish yoki miqdorini kamaytirish va boshqa) qoʻllash imkoniyatini istisno qilmaydi.
Mukofotdan mahrum qilish – intizomiy jazo turi emas, balki xodimga huquqiy taʼsir koʻrsatish chorasidir.
Demak, agar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa, xodimga ham intizomiy jazo qoʻllab, ham intizomiy jazo hisoblanmaydigan taʼsir choralarini qoʻllash mumkin.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |