Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan xodimga intizomiy jazo qoʻllasa boʻladimi?


Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan xodimga intizomiy jazo qoʻllasa boʻladimi?

Ha. Аgar sodir etilgan huquqbuzarlik xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa hamda xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilsa, ish beruvchi xodimga intizomiy jazo qoʻllashga haqli.

MK 313-moddasi 3-qismidagi har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi haqidagi talabchi? Eʼtibor bering, gap faqat bitta intizomiy jazo xususida ketmoqda. Yaʼni xodimga masalan, ham hayfsan, ham jarima qoʻllay olmaysiz.

Maʼmuriy jazo esa maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortish chorasidir. Masalan, shifokor hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi (MJTK 59-1 moddasi). Bu holatda shifokorga Mehnat kodeksining 312-moddasidagi intizomiy jazolardan birini qoʻllash mumkin.

Eʼtibor bering, agar tashkilotning ichki mehnat tartib qoidalarda tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish sifatida koʻrsatilgan boʻlsa, shifokor bilan mehnat shartnomasini MK 161-modda 2-qismining 5-bandi bilan ham bekor qilish mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                       Sh.Abdurahmonov