Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xodim ishga kechikkanligi uchun ogohlantirildi va xodimdan tushuntirish xati olinib, tanbeh berildi. Ishga kechikish holati yana takrorlanganidan keyin xodim mehnat intizomini muntazam buzganligi uchun ishdan boʻshatilishi mumkinmi?


Xodim ishga kechikkanligi uchun ogohlantirildi va xodimdan tushuntirish xati olinib, tanbeh berildi. Ishga kechikish holati yana takrorlanganidan keyin xodim mehnat intizomini muntazam buzganligi uchun ishdan boʻshatilishi mumkinmi?

Intizomiy javobgarlikning turlari umumiy va maxsus intizomi javobgarlikdan iboratdir (MK 300-modda).

Umumiy intizomiy javobgarlik MK va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik boʻlib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan oʻzi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno.

Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qoʻllashdan iborat javobgarlikdir.

Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qaroriga 1-ilova “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”da tanbeh, qattik hayfsan kabi intizomiy jazo choralari nazarda tutilgan.

Umumiy intizomiy javobgarlikda esa tanbeh, ogohlantirish kabilar intizomiy jazo ham, huquqiy taʼsir chorasi ham hisoblanmaydi. Bu holatda xodim mehnat intizomini muntazam buzganligi uchun ishdan boʻshatilishi mumkin emas.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                  Sh.Abdurahmonov