Янгиликлар
Intizomiy jazosi bor xodimga bayram munosabati bilan mukofot puli bersa boʻladimi?
Intizomiy jazosi bor xodimga bayram munosabati bilan mukofot puli bersa boʻladimi?
MKning 299-moddasi 5-qismiga koʻra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qoʻllanilmaydi.
Diqqat! Mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni chalkashtirmaslik lozim!
MKning 252-moddasiga koʻra, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofot xodimni oldindan belgilangan koʻrsatkichlar va shartlarga erishishga undash maqsadida ish haqining tarkibiga kiritilgan hamda xodimga asosiy maoshidan (tarif stavkasidan) tashqari toʻlanadigan pul mukofotidir.
Yaʼni agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan boʻlsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar toʻlanadi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i |
M.Shamatov |