Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda (MK 161-modda 2-qismining 4 va 5-bandlari) ham kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligi olinishi shartmi?


Mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda (MK 161-modda 2-qismining 4 va 5-bandlari) ham kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligi olinishi shartmi?

Ha. Аgar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno (MK 164-moddasi).

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi 9-5-sonli Qaroriga ilova “Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, organida mexnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi takdimnomasini koʻrib chiqish Tartibi”ga koʻra, masalasi koʻrilayotgan xodim tegishli kasaba uyushmasi organi majlisida ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba uyushmasi organi xodimning majlisda ishtirok etishi uchun majlis oʻtkaziladigan sana va joy haqida oldindan yozma shaklda yoki pochta orkali xabardor kilishi shart, masalasi koʻrilayotgan xodimning imkoniyati boʻlsa majlisda masofadan turib videokonferetsiya aloqa tartibida ishtirok etishi mumkin.

Diqqat! MK 161-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga koʻra tashkilot rahbari, alohida tarkibiy boʻlinma rahbari bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganda kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi talab etilmaydi.

Ya’ni agar tashkilot rahbari yoki alohida tarkibiy boʻlinma rahbari mehnat intizomini muntazam yoki bir marta qoʻpol buzsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi talab etilmaydi.

MK 19-moddasi, Fuqarolik kodeksi 47-moddasiga koʻra, tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari alohida boʻlinmalar hisoblanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

 

 

                                     M.Shamatov