Янгиликлар
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʻllasa boʻladimi?
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʻllasa boʻladimi?
Taʼtildagi xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllab boʻlmaydi. Chunki, MK 163-moddasiga koʻra, xodim mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi.
Taʼtildagi xodimga hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash boʻyicha qonunchilikda toʻgʻridan toʻgʻri taqiq yoʻq. Lekin jazo qoʻllashda MK 313-moddasidagi qoidalariga rioya qilish shart. Xodimdan tushuntirish xati olish va yana boshqa harakatlar.
MK 314-moddasiga koʻra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʻlgan yoki taʼtilda boʻlgan davrda intizomiy jazoni qoʻllash muddati oʻtmay turadi. Shuning uchun, xodim taʼtildan qaytgach hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllashni tavsiya qilamiz.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i |
M.Shamatov |