Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarni ham ragʻbatlantirish mumkinmi?


Oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarni ham ragʻbatlantirish mumkinmi?

MK 438-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2012-yil 18-oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga koʻra agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa lokal hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʻshimcha haq, ustama, ragʻbatlantirish toʻlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Demak, agar tashkilotning jamoaviy shartnomada yoxud boshqa lokal hujjatida alohida tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlarni ham ragʻbatlantirish mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

 

 

                             M.Shamatov