Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Men ishxonamizda 5 yil davomida intizomiy jazo olmasdan ishlab keldim. Biroq, meni hech kim ragʻbatlantirmadi. Aytingchi, xodimlarni ragʻbatlantirishga ish beruvchi majburmi?


Men ishxonamizda 5 yil davomida intizomiy jazo olmasdan ishlab keldim. Biroq, meni hech kim ragʻbatlantirmadi. Aytingchi, xodimlarni ragʻbatlantirishga ish beruvchi majburmi?

 

Mehnat kodeksi 299-moddasiga koʻra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin. Ragʻbatlantirish turlari, ularni qoʻllash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi. Ragʻbatlantirish turlari, ularni qoʻllanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlarda belgilab qoʻyiladi. Xodimni ragʻbatlantirish ish beruvchining huquqidir. Ya’ni ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan kelib chiqib xodimlarni ragʻbatlantirishi mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

 

 

                          M.Shamatov