Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ichki oʻrindosh xodimga intizomiy jazo qoʻllanilsa, asosiy ish joyidan ham ragʻbatlantirish choralari berilmaydimi?


Ichki oʻrindosh xodimga intizomiy jazo qoʻllanilsa, asosiy ish joyidan ham ragʻbatlantirish choralari berilmaydimi?

MK 435-moddasiga koʻra, oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki oʻrindoshligi chogʻida xodim bilan oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

Ichki oʻrindosh xodimga intizomiy jazo qoʻllanilsa, asosiy ish joyidan ragʻbatlantirish choralarini olaveradi. Chunki, ichki oʻrindoshlikda xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar alohida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.

Bundan tashqari, MK 200-moddasiga koʻra, ishlab berilgan vaqt tarkibida ish vaqtidan tashqari ishlarning, ishbay asosida ishlaydiganlarning vaqti-vaqti bilan bajariladigan ishining, xizmat safarlarining va ichki oʻrindoshlikka doir ishning vaqti alohida hisobga olinadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                           J.Nishonov