Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Hayfsan, jarima jazosini qoʻllashda ham kasaba uyushmasi qoʼmitasi roziligi olinishi shartmi?


Hayfsan, jarima jazosini qoʻllashda ham kasaba uyushmasi qoʼmitasi roziligi olinishi shartmi?

Agar xodimga MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish tariqasidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsa hamda jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʼmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʼlsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi, kasaba uyushmasi qoʼmitasining roziligi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno (MK 164-moddasi). Batafsil 12-savolga ham qarang.

Xodimga hayfsan, jarima jazosini qoʻllashda esa kasaba uyushmasi qoʼmitasi roziligi olinishi shart emas, bundan quyidagi holatlar mustasno.

Diqqat! MK 44-moddasiga koʻra, xodimlarning vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllashga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek xodimlarning vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qoʻyiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan mazkur shaxslar oʻz faoliyatini amalga oshirgan vakillik organining oldindan roziligini olmasdan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xodimlarning tegishli vakillik organi rahbari boʻlgan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllashga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek xodimlarning vakillik organi rahbari boʻlgan xodim bilan mehnatga oid munosabatlarni uning vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan mazkur vakillik organi ishtirokchi boʻlgan xodimlarning tegishli hududiy yoki tarmoq birlashmasining oldindan roziligini olmasdan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                             J.Nishonov