Янгиликлар
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatini xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ham koʻrsatish shartmi?
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatini xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ham koʻrsatish shartmi?
MK 162-moddasiga koʻra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati:
· ichki mehnat tartibi qoidalari;
· ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi;
· oʻziga nisbatan intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan intizom toʻgʻrisidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.
E’tibor bering, barcha hollarda emas, balki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollardagina bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin ekan.
MK 506, 511, 518-moddalariga koʻra, mikrofirma xodimi bilan, xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasida hamda uy ishchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yoʻl qoʻyiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati nazarda tutilishi mumkin.
Diqqat! Tashkilot mulkdori va rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ham bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatini belgilash shart.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
J.Nishonov |