Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xodim ish haqining yarmi alimentga ushlab qolinadi. Shu xodimga 30 % jarima intizomiy jazosi qoʻllasa boʻladimi?


Xodim ish haqining yarmi alimentga ushlab qolinadi. Shu xodimga 30 % jarima intizomiy jazosi qoʻllasa boʻladimi?

Oila kodeksining 99-moddasiga koʻra, agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — toʻrtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin.

MK 270-moddasiga koʻra, har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 70 foizidan oshishi mumkin emas.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish haqining 50 foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlik uchun oʻtib turgan xodimga, 20 foizgacha jarima intizomiy jazosi qoʻllash mumkin. Agar 20 foizdan ortiq jarima intizomiy jazosi qoʻllanilsa, ish haqining 70 foizidan oshib ketadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                                J.Nishonov