Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni ya’ni oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzgan xodimni qayta ishga olish mumkinmi?


MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni ya’ni oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzgan xodimni qayta ishga olish mumkinmi?

 

MK 125-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzib ishdan boʻshagan xodimni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ishga olish mumkin.

Lekin qonunchilikda ayrim istisnolar ham mavjud. Masalan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun 44-moddasiga koʻra, ilgari oʻzining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas ekan. Boshqa lavozimlarda ishlashga esa cheklov belgilanmagan.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                  

 

 

J.Nishonov