Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Nogironligi boʻlgan shaxs bilan MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydimi?


Nogironligi boʻlgan shaxs bilan MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydimi?

Qonunchilikda unday cheklov belgilanmagan. Haqiqatan ham, koʻpchilik ish beruvchilar nogironligi boʻlgan shaxsga intizomiy jazo qoʻllashda ikkilanib turadilar.

Qonunchilikda nogironligi boʻlgan shaxsga intizomiy jazo qoʻllashda hech qanday cheklov yoʻq. Nogironligi boʻlgan shaxsga MK 312-moddasidagi istalgan turdagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash mumkin, shu jumladan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham mumkin.

Unda nega bunday savollar beriladi? Sababi,“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun 42-moddasini koʻpchilik notoʻgʻri talqin qiladi. Moddaning 2-qismiga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxsning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi va ta’tillarda boʻlishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot toʻliq tugatilgan hollar mustasno.

Mana shu qoidaga juda koʻpchilik chalgʻiydi. E’tibor bering, nogironligi boʻlgan shaxs “bolnichniy” yoki ta’tilda boʻlgan vaqti shartnomani bekor qilish mumkin emas deyilmoqda. Bu qoida nafaqat, nogironligi boʻlgan shaxsga balki boshqa barcha xodimlarga ham taalluqli. Bu MK 163-moddasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish mumkin boʻlmagan bolatlarda belgilab berilgan.

Bundan tashqari, MK 425-moddasi 3-qismiga koʻra, nogironligi sababli nogironligi boʻlgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga koʻtarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga koʻra nogironligi boʻlgan shaxsning sogʻligʻi holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.

“U bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi” degan jumlani ham notoʻgʻri tahlil qilmaslik lozim. Nogironligi boʻlgan shaxs bilan aynan uni nogironligi sababli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar xodimning aynan nogironligi ishni davom ettirishiga toʻsqinlik qilsa, u holda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan emas MK 143-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 1-qismi 5-bandlaridan biriga koʻra bekor qilinishi mumkin.

Demak, nogironligi boʻlgan shaxs (guruhining ahamiyati yoʻq: 1,2,3) mehnat intizomini buzsa, u bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin ekan. Agar xodim “bolnichniy” yoki ta’tilda boʻlsa, u holda ishga qaytgach shartnomani bemalol bekor qilaverasiz, faqat MK 163-moddasidagi boshqa cheklovlarga rioya qilish ham esdan chiqmasin. MK 314-moddasiga koʻra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʻlgan yoki ta’tilda boʻlgan davrda intizomiy jazo qoʻllash mumkin boʻlgan 1 oylik muddat toʻxtab turadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                                      J.Nishonov