Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Assalomu aleykum. 4 yillik soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilishim mumkinmi? Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati haqida batafsil ma’lumot bersangiz.


Assalomu aleykum. 4 yillik soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilishim mumkinmi? Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati haqida batafsil ma’lumot bersangiz.

 

Soliq kodeksining 88-moddasiga asosan Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e’tiboran besh yilni tashkil etadi. Mazkur modda talablaridan kelib chiqib siz 4 yillik soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilishingiz mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

                             R.Tuxtayev