Янгиликлар
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish tartibi qanaqa?
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish tartibi qanaqa?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 332-moddasiga asosan xodim mehnatda mayib boʻlganligi munosabati bilan vafot etgan taqdirda ish beruvchi dafn etish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni qilgan shaxsga ushbu xarajatlarning oʻrnini qoʻshimcha ravishda qoplashi shart.
Dafn etish uchun zarur boʻlgan xarajatlar zararning oʻrnini qoplash hisobiga kirmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish vafot etgan xodimning jasadini tashish, ish beruvchining boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki nizo mazkur xarajatlarni qilgan shaxs foydasiga hal boʻlgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarning miqdori xususida nizolashish bilan bogʻliq xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, koʻrsatilgan yuridik xizmat uchun advokatga haq toʻlash xarajatlari va boshqalar) oʻz ichiga oladi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi boshlig’i |
G’.Izbasarov |