Янгиликлар
Bizga prokuraturadan taqdimnoma keldi va unda hujjatni rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻygan xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash soʻralgan. Bu holatda ish beruvchi intizomiy jazo qoʻllashga majburmi?

MKning 313-moddasi 1-qismiga koʻra, intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qoʻllaniladi (MK 127-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari). Xodimga nisbatan MKning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini tanlash, ushbu choralarni qoʻllash yoki qoʻllamaslik masalasi ish beruvchining huquqidir, majburiyati emas.
Demak, prokuratura organining taqdimnomasida ish beruvchidan xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllashni talab qilish emas, uni qoʻllash masalasini koʻrib chiqishni soʻrash yoki tavsiya qilish toʻgʻri boʻladi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i |
M.Shamatov |