Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (727-son, 17.11.2025-y.) qabul qilindi.


“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (727-son, 17.11.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko'rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

2027-yil 1-oktabrga qadar MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlari tasdiqlanadi.

2026-yil 1-fevraldan:

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo'yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to'lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;

bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba to'lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to'lov undirilmaydi.

Zilzilabardoshlik bo'yicha ilmiy xulosalar berish "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev