Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro'yxatiga o'zgartirishlar kiritildi


Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro'yxatiga o'zgartirishlar kiritildi 

"Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro'yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3705, 14.11.2025-y.).


Unga ko'ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro'yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi;

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Kasbiy ta'lim agentligi.

Shu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to'ldirilmoqda:

vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);

hududiy bo'linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).



Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev