Янгиликлар
Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko'rsatiladi
Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko'rsatiladi
“Biznes yuritishni hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–214-son, 14.11.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib
tadbirkorlarning ma'muriy xarajatlarini 90 mlrd so'mgacha qisqartirish, davlat organlari bilan o'zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.
Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda bir vaqtning o'zida quyidagi xizmatlar ko'rsatiladi:
elektron raqamli imzo kalitini berish;
bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
ayrim faoliyat turlari bo'yicha lisenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
ko'chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
QQS to'lovchisi guvohnomasini olish;
onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro'yxatdan o'tkazish;
yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo'yish.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti U.Fayzullaev