Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi belgilandi


Hisob palatasiningDavlat auditidasturiy kompleksidan foydalanish tartibi belgilandi 

“Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3704; 12.11.2025-y.).

  

Nizomga ko'ra, “Davlat auditi” dasturidan foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

nazorat (audit) tadbirlarini ro'yxatga olish;

davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan nazorat (audit) tadbirlarini majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishish.

“Davlat auditi” dasturida quyidagilar foydalanuvchi subyektlar sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi va ularga quyidagi kirish huquqlari beriladi:

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining rahbari va o'rinbosari uchun – “tasdiqlovchi” huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbari o'rinbosari, tarkibiy bo'linmalari boshliqlari uchun – “ma'qullovchi” huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari (2 nafargacha) uchun – “operator” huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining “operator” huquqi berilmagan xodimlari uchun – “foydalanuvchi” huquqi.

 Davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Davlat auditi” dasturida ro'yxatdan o'tkazish uchun Hisob palatasiga so'rovnoma taqdim etiladi.

“Davlat auditi” dasturida ro'yxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev