Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilandiBu nizom iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy faoliyatni barvaqt aniqlash va litsenziyasiz xizmat ko‘rsatishning oldini olishga qaratilgan.


Yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilandiBu nizom iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy faoliyatni barvaqt aniqlash va litsenziyasiz xizmat ko‘rsatishning oldini olishga qaratilgan. 

Hukumat qarori (729-son, 17.11.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi qoshidagi Yengil sanoatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom Yengil sanoatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

Nizomga ko'ra, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga moliyaviy yordam quyidagi xarajatlarni to'lab berish uchun ko'rsatiladi, jumladan:

xalqaro brendlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish yo'nalishida: 

xalqaro brendlarni jalb qilish, ularning egalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek, bu yo'nalishdagi sorsing kompaniyasi xizmati xarajatlari;

transport xarajati – ekonom klass uchun;

O'zbekiston hududida mehmonxona xarajati;

tarjimonlik xizmati;

mutaxassislarni o'qitish xarajatlarini qoplab berish yo'nalishida:

o'quv-treninglarida qatnashish to'lovi;

transport xarajati;

mehmonxona xarajati.

Moliyaviy yordam olish uchun ariza va belgilangan hujjatlar ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida ko'rib chiqiladi.

Agentlik 1 ish kuni davomida qabul qilingan qaror to'g'risida tadbirkorlarga xabarnoma yuboradi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev