Янгиликлар
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi
“Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025-y.) qabul qilindi.Xususan, MMT faoliyat turini mikromoliya bankiga o‘zgartirish uchun MMT aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega bo‘lishi kerak.
Qarorga ko'ra, 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida rag'batlantiriladi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili quyidagi nominasiyalar bo'yicha tanlov o'tkaziladi:
“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”, “Eng yaxshi hududiy sog'liqni saqlash organi rahbari”;
har bir hududda:
“Eng yaxshi tuman (shahar) sog'liqni saqlash organi rahbari”, “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori” va “Eng yaxshi tuman (shahar) o'rta tibbiyot xodimi”;
“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi” va “Eng yaxshi hududiy shifoxona”.
Tanlov natijalari asosida g'oliblar quyidagi miqdorlarda 1 martalik rag'batlantiriladi:
tibbiyot muassasalari – 500 mln so'm;
tibbiyot va rahbar xodimlar – 30 mln so'm.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti U.Fayzullaev