Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Aholi salomatligi narkojinoyatlardan samarali himoya qilinadi


Aholi salomatligi narkojinoyatlardan samarali himoya qilinadi 

“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–207-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi bo'lim kiritiladi.
  Shuningdek, quyidagi qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik joriy etiladi:
  narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta'minlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmog'idan foydalanib o'tkazish;
  giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste'mol qilish yo'li bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh bo'lishining oldini olish maqsadida xabar berish;
  g'ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta'minlash.
  Bundan tashqari, Farmonda giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida iste'mol qilganlik uchun 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosini qo'llashni nazarda tutuvchi ma'muriy javobgarlikni kiritish belgilandi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev