Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–335-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi.


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori

(PQ–335-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O'zbekiston Hukumati bilan Ozarbayjon Hukumati o'rtasida klonlangan, o'g'irlangan, yo'qolgan va jinoyat faoliyati bilan bog'liq mobil qurilmalar bo'yicha axborot almashinuvini tashkil etish to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             U.Fayzullaev