Янгиликлар
Yuridik yordam olishda (advokatga murojaat qilish va davlat hisobidan yuridik yordam olish) fuqarolar bilishi kerak bo‘lgan muhim masalalar
Yuridik yordam olishda (advokatga murojaat qilish va davlat hisobidan yuridik yordam olish) fuqarolar bilishi kerak bo‘lgan muhim masalalar
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomning 21-bandiga asosan, Jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
a) davlat hisobidan yuridik yordam olish toʻgʻrisida ariza, arizada quyidagilar aks ettiriladi:
davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR), pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) raqami;
shaxsiy telefon raqami;
ish koʻrib chiqilayotgan hudud (respublika, viloyat, tuman yoki shahar);
davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxs toifasi (kam taʼminlangan shaxs, psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan yoki xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslar);
ish turi va toifasi;
ish yuritish tili;
ishning mazmuni;
b) ariza davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxsning vakili tomonidan berilgan taqdirda, jismoniy shaxsning vakiliga berilgan ishonchnoma va (yoki) uning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs va uning vakili oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
v) ariza ruhiy holati buzilgan va psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan jismoniy shaxsning qonuniy vakili yoki psixiatriya muassasasi tomonidan berilgan taqdirda, psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi psixiatriya muassasasining jismoniy shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganligi haqidagi maʼlumotnomasi;
g) oʻz huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxs tomonidan ariza berilgan taqdirda, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi bilan bogʻliq ish sudda koʻrib chiqilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Notariat advokatura va mediatsiya
sho‘basi yetakchi maslahatchisi X.Ermatov