Янгиликлар
Aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: qurilishga ruxsat olish muddati 40%ga qisqardi
Aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: qurilishga ruxsat olish muddati 40%ga qisqardi
Adliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida eksperiment tariqasida qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqish davlat xizmatlari kompozit tarzda ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma qaror tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga asosan 2025-yil 15-fevraldan boshlab, qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatlar va ko‘rib chiqish bosqichlari sezilarli darajada qisqartirildi.
Xususan, umumiy muddat 20 ish kunidan 12 ish kuniga, ko‘rib chiqish bosqichlari 11 tadan 7 taga qisqartirildi va yig‘im miqdori BHMning 1,5 baravardan 0,5 baravariga tushirildi.
Bu o‘zgarishlar nafaqat ortiqcha ovoragarchilikni, balki vaqt va mablag‘ni tejashga ham yordam beradi. Bitta ariza bilan qurilishga ruxsatnoma va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i hujjatlarini olish imkoniyati yaratildi.
Eksperiment 2025-yil oxiriga qadar Toshkent shahrida olib boriladi va natijalari bo‘yicha respublika miqyosida joriy qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etiladi.
Yangi tartib shahar va respublikadagi qurilish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi
Bosh mutaxassisi Erkabayev Zafar Salibayevich