Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Endi mehnat ta’tiliga haq to‘lashda yakshanba kunlari hisobga olinmaydi


Endi mehnat ta’tiliga haq to‘lashda yakshanba kunlari hisobga olinmaydi

Endilikda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashda yakshanba kunlari hisobga olinmaydi.

Mazkur tartib Prezidentning 2025 yil 13 fevraldagi imzolangan qonunda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, ushbu qonunning 233-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bundan buyon yakshanba har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda hisobga olinmaydi. Ushbu yangilik foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pul kompensatsiyalariga ham tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, qonunga kiritilgan yangi o‘zgartirish bilan ish haqi to‘lanmaydigan ta’tilning davomiyligi 12 oylik muddat ichida jami uch oydan oshmasligi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, yangi o‘zgartirishga ko‘ra, 116 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolaning yoki 12 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolaning ota-onasi yoki vasiysi uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til ko‘pi bilan 14 kalendar kungacha ta’til beriladi.

Shu bilan birga, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar o‘rindoshining asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) ham yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                

M.Xasanov