Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qanday hollarda davlat boji qaytariladi?


Qanday hollarda davlat boji qaytariladi?

O‘zbekiston "Davlat boji to‘g‘risida"gi Qonunda davlat bojini qaytarish tartibi belgilangan. Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:

- davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida;

- sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek, notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;

- apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda;

- davlat boji to‘langan da’vo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati sudga kelib tushmaganda;

- agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda, bundan ish taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilgan hollar mustasno;

- ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

- sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

- agar taraflar o‘rtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

- agar taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

- ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

- voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning nikohi o‘zaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji to‘langanda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan bo‘lsa;

- agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

- sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda;

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov