Янгиликлар
Bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid majburiyatlar bajarilmaganda Milliy gvardiya bosh maslaxatchisi jarima qo‘llay oladimi?
Bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid majburiyatlar bajarilmaganda Milliy gvardiya bosh maslaxatchisi jarima qo‘llay oladimi?
Prezidentimizning 2024 yil 5 fevraldagi qarori bilan Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari Milliy gvardiya tuzilmasiga o‘tkazildi.
Mazkur qarorga muvofiq, Milliy gvardiya tashkiliy tuzilmasida Bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, shu jumladan, bolalar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlar lavozimlari joriy etildi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248 va 248-1-moddalariga Milliy gvardiya organlariga, shu jumladan, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi birinchi qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik), 561-moddasida (Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish), 187-moddasining birinchi qismida (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) va 188-moddasida (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berildi. Mazkur vakolatlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlaridan chiqarib tashlandi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov