Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Ma’muriy jarima: miqdori, to‘lash muddatlari, imtiyozlar va majburiy undiruv


Ma’muriy jarima: miqdori, to‘lash muddatlari, imtiyozlar va majburiy undiruv

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmaganda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.

1. Jarimaning eng kam va ko‘p miqdori qancha?

Jarima – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirish.

Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi BHMdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori BHMning 50dan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa 10dan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.

Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori BHMning 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun BHMning 450 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

2. Jarima qancha muddatda to‘lanishi lozim?

Jarima qaror topshirilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. Mazkur qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilganda shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan 15 kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.

Yo‘l harakati qoidalari uchun alohida tartib mavjud, mazkur turdagi huquqbuzarliklar uchun jarima 60 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmaganda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov