Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qanday ishlar o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar hisoblanadi?


Qanday ishlar o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar hisoblanadi?

Qonunchiligimzda o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxati ham belgilangan. Ushbu ishlarning aksariyati bilan quyida tanishib chiqamiz. O‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxati quyidagilar:

- Ilmiy faoliyatni yoki o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish, agar bunday faoliyat asosiy ish joyi bo‘yicha bajariladigan ish hisoblanmasa.

- mualliflik gonorari sifatida haq to‘lanadigan fan, adabiyot va san’at asarlari yaratish;

- Xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, o‘sha tashkilotning o‘zida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:

- umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘qituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish bo‘yicha vazifalarni bajarish, to‘garaklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq o‘quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;

- ishning ushbu turi bo‘yicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda mehnatga soatbay haq to‘lanadigan pedagogik ish;

- ta’lim muassasalari rahbarlarining o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha yillik ish rejasida (ish vaqti normasi bilan) nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda o‘qituvchilik ishi;

- tashkilotlar muhandis-texnik xodimlarining talabalar va o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotiga rahbarlik qilish bo‘yicha ishi;

- tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqt normasidan ortiqcha navbatchilik qilishi;

- Hukumat qarorlari bilan xodimning ish haqiga ustamalar belgilangan vazifalarni bajarish;

- Mualliflik gonorari shaklida haq to‘lanadigan adabiy ish, shu jumladan alohida asarlarni tahrir, tarjima qilish va ularga taqriz yozish bo‘yicha ishlar;

- Mehnatga bir marta haq to‘langan holda texnik, tibbiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa ekspertiza (maslahat berish);

- Sog‘liqni saqlash muassasalarida oyiga 24 soatdan ortiq bo‘lmagan hajmda, mehnatga bir marta yoki soatbay haq to‘langan holda, tibbiyot maslahatchilari vazifalarini bajarish.


Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                        

 M.Xasanov