Янгиликлар
Dori vositalarini belgilangan narxdan qimmatga sotish taqiqlanadi
Dori vositalarini belgilangan narxdan qimmatga sotish taqiqlanadi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.
Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.
Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10 foizidan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda chakana sotiladi.
Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov