Янгиликлар
Sudyalarda daxlsizlik huquqi bor. Ular qay holatda javbgarlikka tortiladi?
Sudyalarda daxlsizlik huquqi bor. Ular qay holatda javbgarlikka tortiladi?
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 74-75-moddalariga ko‘ra, sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin:
▪️ odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;
▪️ sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun;
▪️ sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
▪️ Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun.
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Sudyaga nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan sudya ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilgani to‘g‘risidagi ariza yoki xabar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin.
76-moddaga binoan, Sudyalarning malaka hay’ati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashi mumkin:
▪️ ogohlantirish;
▪️ hayfsan;
▪️o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
▪️ malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;
▪️ vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov