Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qurilish maydonlarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishi


Qurilish maydonlarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishi

Oliy majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilmoqda.

Muhokamalar davomida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, ularda deputatlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan berilgan takliflar chuqur tahlil qilingani va ularning aksariyati loyiha matnida aks ettirilib, u maromiga yetkazilgani qayd etildi.

Deputatlarning aytishicha, ushbu fqonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish huquqlarini ta’minlashga, tartibsiz ravishda tashlanadigan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf qilishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov