Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi


Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi

“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi. Qarorga ko‘ra, quyidagi vazifalar belgilangan:

— axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

— raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

— o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

— yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

— o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

— tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Unda talabalarni o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.

Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov