Янгиликлар
Yo‘lovchilar avtobuslardan qanday holatlarda foydalanishi mumkin emas?
Yo‘lovchilar avtobuslardan qanday holatlarda foydalanishi mumkin emas?
Avtobusda yo‘lovchilar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
a) mast holatda yurish;
b) alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
g) oynadan tashqariga osilish;
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish;
e) o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
j) salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish;
z) tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish.
Yo‘lovchilar tomonidan jamoat transportida tartib qoidalarga amal qilinishi ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda ushbu sohaga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Fuqarolarning jamoat tranportidan salmoqli foydalanishiga olib keladi. Buning natijasida aholi orasida shaxsiy avtomobil transport vositalaridan foydalanish foizi kamayishi mumkin.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov