Янгиликлар
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi
Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo‘l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, Dastur va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilib borish uchun Bosh prokuratura huzurida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi tuziladi.
Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi.
Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.
Mas’ullar faoliyati har oy yakunida – ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida – Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda Bosh vazir huzurida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi.
Viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat og‘ir tuman (shahar)lar mahallalarida profilaktika kichik inspektori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi.
Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika bo‘linmalari, tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.
Sinov tariqasida kriminogen vaziyat og‘ir hududlardagi profilaktika bo‘linmalarida ma’muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va ular jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishga oid hujjatlarni o‘rganib, tarkibida ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lgan holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Unga profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, probatsiya, yo‘l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati bosh maslaxatchisi kiritiladi, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalarining naryadlari xizmat olib borishi tashkil etiladi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov