Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Sud ishlari qaysi tilda yuritiladi?


Sud ishlari qaysi tilda yuritiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 139-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. Mazkur prinsip bir qator qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.

Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so‘zlash huquqi ta’minlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi Qonunining 11-moddasiga ko‘ra sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.

Sud ishlari yuritiladigan til keng ma’noda butun mamlakatda mavjud, ya’ni konstitutsiyaviy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoiy sud tizimlari faoliyatini tashkil qilishning muhim asoslaridan biridir.

Shu bilan birga, fuqarolarning tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov