Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga aralashish javobgarlikka sabab bo‘ladi


Pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga aralashish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Pedagog xodimlarni o‘quvchilar bilimini baholashga ta’sir ko‘rsatishni oldini olish maqsadida ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda javobgarlik belgilangan.

 

Ta’lim muassasasi pedagog bosh maslaxatchisining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog bosh maslaxatchisining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

 

- fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Mazkur huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

 

- fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov