Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Xususiy bog‘cha uchun to‘langan to‘lovlar daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinligini bilarmidingiz?


Xususiy bog‘cha uchun to‘langan to‘lovlar daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinligini bilarmidingiz?

Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yosh oralig‘idagi bolalar mavjud. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi esa 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026 yilgacha 80 foizga, 2030 yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Respublikadagi jami maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 6780 tasi davlat bog‘chalari, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoniniga ko‘ra, 5 yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilgandi. 2026 yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu farmonda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ham mavjud. Xususan, 1 apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi ta’kidlangan. Imtiyozdan foydalanish uchun ota-onalar xususiy ta’lim muassasalariga to‘langan to‘lovlar haqidagi kvitansiyalarni yil davomida saqlab qo‘yishlari kerak. Yil oxirida ular daromadlar deklaratsiyasi bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishadi.

Masalan, agar ota-ona nodavlat ta’lim muassasasi uchun oyiga 3 million so‘m to‘lov qilsa, yiliga bu 36 million so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, soliq organi ushbu summadan 4 million 320 ming so‘mni qaytarib beradi.

Agar ota-ona ish joyi orqali to‘lov qilayotgan bo‘lsa, korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolmaslik haqida ariza topshirishi ham mumkin. To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin. Shu bilan birga ushbu 12% lik daromad solig‘ini qaytarib olish tartibi oliy ta’lim va professional ta’limdagi to‘lov-shartnoma to‘lovlari, ta’lim krediti va ipoteka kreditlari to‘lovlariga ham amal qiladi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov