Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi


O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida“gi qonunga jismoniy shaxslarning ular bilan kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlashga bo‘lgan huquqlarini, ularni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritishning tartibi va shartlarini, shuningdek kredit axborotidan foydalanuvchilarning belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzganligi uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, jumladan, loyihadagi kredit byurolarga nisbatan Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar hamda Markaziy bankning kredit byurolarini faoliyatini tartibga solishga doir huquqiy normalarga tahririy va aniqlashtiruvchi tuzatishlar kiritilgani qayd etildi.

 

Xalq vakillarining fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar nomiga ularning xabarisiz kreditlarni rasmiylashtirish va taqdim etilgan pul mablag‘larini o‘zlashtirish hollarining oldini olish hamda kredit byurolari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                        

 M.Xasanov