Янгиликлар
Aviaparvozlar kechiktirilganda yo‘lovchi sifatida huquqlaringizni bilasizmi?
Aviaparvozlar kechiktirilganda yo‘lovchi sifatida huquqlaringizni bilasizmi?
Havo transportida yo‘lovchi tashish tashuvchi hamda yo‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tegishli chipta olingandan so‘ng, yo‘lovchi hamda tashuvchi o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Tashuvchi yo‘lovchini manzilga transport ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qo‘yishi shart. Biroq ayrim holatlarda turli sabablarga ko‘ra aviaparvozlar kechiktirilgan holatlarga duch kelishimiz mumkin.
Parvozlar kechiktirilganda tashuvchi javobgar bo‘ladimi?
Qonunchilikda tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, tashuvchi uchun shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan javobgarlik belgilangan.
Agar tashuvchi kechikishning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rganligini yoki bu choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olsa, tashuvchi yo‘lovchi tashishning kechikkanligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Biroq, parvozning kechikishi tashuvchining xatti-harakati yoki ehtiyotsizligi natijasida yuzaga kelsa u yo‘lovchi oldida javobgar hisoblanadi. Zarar miqdori tashish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi
M.Xasanov