Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Mehnat nizolarini sud qarorisiz ham hal qilish mumkinmi?


Mehnat nizolarini sud qarorisiz ham hal qilish mumkinmi?

Mehnat nizolarini sudga berishga shoshil­mang, ularni mediatsiya tartibida hal qilish mumkin. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi shu masalaga bag‘ishlangan.

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo‘llaniladi. Me­diatsiya quyidagilarni nazarda tutadi:

▪️ suddan tashqari tartibda;

▪️ nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida;

▪️sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar;

▪️ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish ja­rayonida qo‘llanilishi mumkin.

Mediatsiya nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.

Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi.

Shuningdek, mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi bo‘lgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi.

Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvni yaxshilab o‘qib chiqing: unda taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiq­ishi mumkin bo‘lgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yo‘li bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida bo‘lishi lozim. Mediatsiya tartib-taomili mediatsi­ya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida taraflar tomonidan yozma kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran boshlanadi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov