Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Hali tug‘ilmagan bola merosxo‘r bo‘lishi mumkinmi?


Hali tug‘ilmagan bola merosxo‘r bo‘lishi mumkinmi?

Fuqarolik kodeksining 1118-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan farzandlari merosxo‘r bo‘li­shi mumkin.

 

Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

 

Notarius meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindosh­lik munosabatini hamda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.

 

Shunga ko‘ra, chet eldagi merosxo‘rlarning roziligisiz ham meros guvohnomasini rasmiylashtirish mumkin, biroq bunda chet eldagi merosxo‘rning merosdagi ulushi ochiq qoldiriladi va u qaytib kelib, notariusga murojaat qilgan taqdirda ochiq qoldi­rilgan meros ulushiga nisbatan merosga bo‘lgan qo‘shimcha gu­vohnoma beriladi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i                                                                               

 Sh.Tadjibaev