Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qanday hollarda nikohdan ajratish FHDYo organlarida amalga oshiriladi?


Qanday hollarda nikohdan ajratish FHDYo organlarida amalga oshiriladi?

2023 yil 23 oktyabrda qabul qilingan “Nikoh, Oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respuplikasi Vazirlar Mahkamasining 550-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qarorning 6 bobida nikohdan ajratish tartibi belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42- va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishlari mumkin. Agar nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani berish chog‘ida xotin homilador bo‘lsa nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.

FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishlari lozim.

Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYo organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.

Bunda FHDYo organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashlari mumkin.

Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.

Toshkent tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i                                                                                

Sh.Tadjibaev